Hujjatli amaliyotlar
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha akkreditivlar va bank kafolatlari — Xalqaro savdo palatasining unifikatsiyalashgan qoidalari asosida.
- Akkreditiv
- Kafolatlar
- Hujjatlar
Xizmatga nimalar kiradi
Yo‘nalish eksport-import shartnomalari bo‘yicha akkreditivlar va kafolatlarni qamrab oladi.
-
Akkreditiv
Ochish va yuritish
Eksport-import shartnomalari va qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha akkreditiv ochish, amaliyotlarni o‘tkazish va akkreditiv shartlarini o‘zgartirish. Akkreditiv — tashqi savdo shartnomalarida kafolatlangan va ishonchli hisob-kitob shakllaridan biri.
-
Kafolatlar
Xorijiy banklar kafolatlari
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha xorijiy bank chiqargan kafolatni imzolash va yuritish.
-
Hujjatlar
Maslahatlar
Hujjatlarni tayyorlashda bank mijozlariga maslahat berish.
Xizmat nimaga asoslangan
Amaliyotlarni o‘tkazishda bank tayanadigan me’yoriy hujjatlar.
- UCP 600
- Xalqaro savdo palatasining hujjatli akkreditivlar uchun unifikatsiyalashgan qoidalari.
- URDG 758
- Xalqaro savdo palatasining bank kafolatlari uchun unifikatsiyalashgan qoidalari.
- Inkoterms
- Xalqaro savdo palatasi chiqargan milliy va xalqaro savdo atamalaridan foydalanish qoidalari.
Xizmat qancha turadi
- Import akkreditivini ochish
- Har bir chorak (to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan) uchun summaning 0,25 foizi, lekin BHMning 150 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
- Akkreditiv shartlarini o‘zgartirish
- Har bir o‘zgartirish uchun BHMning 2 baravari + kommunikatsion xarajatlar + vakil bank komissiyasi
- Import akkreditivini bekor qilish
- BHMning 2 baravari + kommunikatsion xarajatlar + vakil bank komissiyasi
- Akkreditiv ochish uchun hujjatlarni qabul qilish va tekshirish
- Hujjat summasining 0,1 foizi, lekin BHMning 1 baravaridan kam va 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
- Eksport akkreditivini avizolash
- BHMning 2 baravari + kommunikatsion (SWIFT va boshqa) xarajatlar
- Eksport akkreditivini tasdiqlash (qoplangan)
- Summaning 0,8 foizi, O‘zR MB kursi bo‘yicha
- Kafolat summasi 100 foiz qoplangan holda kafolat berish
- Summaning 0,1 foizi, O‘zR MB kursi bo‘yicha
- Kafolat shartlariga o‘zgartirish kiritish
- BHMning 1,5 baravari + pochta va kommunikatsion xarajatlar
- Kafolat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish
- Har bir hujjatlar paketi uchun summaning 0,1 foizi
- Import inkassosi bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va to‘lovlar
- BHMning 1,5 baravari + vakil bank xarajatlari, O‘zR MB kursi bo‘yicha
«Yuridik shaxslar uchun bank tariflari» hujjati bo‘yicha — Bank Boshqaruvining 2024-yil 26-fevraldagi 35-sonli qarori bilan tasdiqlangan 7-ilova, 17.03.2025 holatidagi tahrirda, 2026-yil 14-maydan kuchga kirgan o‘zgartirishlar bilan. BHM — bazaviy hisoblash miqdori. Amaldagi tahrirni bank hujjatlari bo‘limida ko‘ring.
Yuridik shaxslar uchun barcha tariflarAkkreditiv yoki kafolat bo‘yicha yordam beramiz
Kontaktlaringizni qoldiring — BRB mutaxassisi amaliyot tafsilotlarini va keyingi qadamni aniqlashtiradi.
Bank bilan onlayn ishlang
Kompaniyangiz uchun masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish uchun BRB Internet Banking’ga kiring.